AsosiyDunyo

Samsung Electronics kompaniyasining Janubiy Koreyadagi zavodida koronavirus kasalligi aniqlandi

'Samsung Electronics kompaniyasining Janubiy Koreyadagi zavodida koronavirus kasalligi aniqlandi'ning rasmi

Shanba kuni dunyodagi eng yirik smartfon ishlab chiqaruvchi Samsung Electronics kompaniyasining ma`lum qilishicha, Janubiy Koreyaning Gumi shahridagi mobil qurilmalar ishlab chiqarish zavodida koronavirus aniqlandi va dushanba kuni ertalabgacha ushbu zavod yopildi. Bu haqda tarjumon.uz xabar bermoqda. 

Gumi shahri Janubiy Koreyadagi koronavirus tarqalishining markazi hisoblangan Degu shahriga yaqin erda joylashgan.

«Kompaniya kasallangan xodim bilan aloqada bo`lgan ishchilarni uylarida karantinga joylashtirdi va ularda infeksiya bor-yo`qligini tekshirish uchun choralar ko`rdi»,  deyiladi Samsung Electronics xabarida.

Samsung Gumi shahridagi zavodi mahsuloti kompaniya ishlab chiqaradigan smartfonlarining ozgina qismini tashkil qiladi. Bu zavodda, asosan,  ichki bozor uchun yuqori sifatli telefonlar ishlab chiqariladi. Samsung o`z smartfonlarining katta qismini Vetnam va Hindistonda tayyorlaydi.

22-fevralda berilgan ma`lumotlarga ko`ra, Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallanganlar soni ikki baravar ko`paygan va umumiy hisobda 433 kishiga etgan.

    Boshqa yangiliklar