AsosiyJamiyat

Janubiy Koreyaga ishga ketish uchun kimlardan test imtihonlari talab qilinmaydi?

'Janubiy Koreyaga ishga ketish uchun kimlardan test imtihonlari talab qilinmaydi?'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi matbuot kotibi Ortiqxo`ja Norovning ma`lumotiga ko`ra,  quyidagilar layoqatli ishchi maqomini olgan fuqarolar (VIP) hisoblanadi;

1. Koreya Respublikasida 4 yil 10 oy bir korxonada mehnat faoliyatini amalga oshirgan va shartnomasi tugagandan so`ng korxonadan qayta shartnoma bilan kelgan fuqarolar;

 2. Bunda fuqaro birinchi mehnat shartnomasini tugatgandan so`ng yoshi 39 yoshdan oshgan bo`lsa ham qayta shartnoma bilan mehnat faoliyatini amalga oshirishi mumkin;

3. Xorijga chiqish uchun taqiqi bo`lmagan hamda xorijga chiqish pasporti mavjud fuqarolar;

 4. Har tomonlama sog`lom, yuqumli kasallikka chalinmagan fuqarolar;

5. Koreya Respublikasi hududiga kirishga taqiqi yo`q fuqarolar;

 6. Muqaddam sudlanmagan fuqarolar;

 7. Koreya Respublikasida 5 yildan ortiq muddatda ishlamagan fuqarolar.

Test imtihonlaridan o`tish talab qilinmaydi.

Fuqaro Janubiy Koreyadan O`zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan kundan boshlab, 90 kun muddat ichida Koreya Respublikasi ish beruvchisi bilan kelishilgan holda jo`nab ketishi zarur.

Eslatma! fuqarolarni Koreya Respublikasiga ishga jo`natish (E-9 ishchi viza) huquqiga ega yagona tashkilot Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hisoblanadi, xususiy bandlik agentliklarining bunga vakolati yo`q.

    Boshqa yangiliklar