Hindistonning oltin zaxiralaridan besh baravar ko`p oltin zaxirasiga ega ikkita kon mamlakat geologlari tomonidan topildi. Bu haqda tarjumon.uz Indian Times gazetasiga tayanib xabar berdi.
Sharqiy Uttar-Pradesh shtatidagi Sonbhadra okrugida 3500 tonnaga yaqin oltin rudasi bo`lgan konlar topilgan. Oltinning taxminiy qiymati 12 trillion rupiyga (taxminan 13 milliard dollar) baholanmoqda.
Agar bu ma`lumotlar haqiqat bo`lsa, unda Hindiston oltin zaxiralari bo`yicha dunyoda ikkinchi o`ringa ko`tarilib oladi. Ayni paytda AQSh birinchi o`rinda (8133,5 tonna), ikkinchi o`rinda Germaniya (3366 tonna) turibdi. Hindistonda 626 tonna oltin zaxirasi bor.






