16 fevral kuni Toshkent shahar IIBB Patrul-post xizmati brigadasi xodimi safdor Q.Axmedov va Milliy gvardiya xodimi taxminan soat 20:30larda o`z hududlarida xizmat olib borayotgan vaqtlarida Uchtepa tumani 14 mavzesi 1 uy oldida bir noma`lum shaxsning xatti-harakatlari shubha uyg`otadi.
Shu sababdan uni tekshirmoqchi bo`lganlarida fuqaro qochib ketmoqchi bo`ladi. Lekin xodimlar uni ushlab olishadi. Shu joyning o`zida tintuv o`tkazilganda kastyumining yon cho`ntagidan “Pnivmatik” pistolet, 3 dona “Tropikamid” va 4 dona “Regaped” nomli psixotrop dori vositasi topiladi. Uchtepa tumani 7-sonli IIBga olib borib shaxsi tekshirilganda ushbu shaxs Yashnabod tumanida yashovchi 1998 yilda tug`ilgan Sayidov Zarif (Ismi sharifi o`zgartirilgan) ekanligi aniqlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






