AsosiyJamiyat

Dislokasiya ko`chirmasini haydovchiga ko`rsatmagan YPX inspektoriga nisbatan tekshiruv o`tkazilmoqda

'Dislokasiya ko`chirmasini haydovchiga ko`rsatmagan YPX inspektoriga nisbatan tekshiruv o`tkazilmoqda'ning rasmi

Joriy yilning 22 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Dislokasiya yo`q! YPX xodimlarigayam qiyin bo`lib qoldi. Har doim ham dislokasiya olib yurilmaydi hurmatli haydovchilar” sarlavhali videolavha tarqatildi.  

Mazkur holat Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi rasmiy sahifasida berilgan ma`lumotga ko`ra, ushbu holat joriy  yilning 11 fevral kuni Navoiy viloyati, Hatirchi tumani hududida sodir bo`lgan. YPX inspektori B.Xamroev “Lasetti” rusumli transport vositasini o`rnatilgan tartibda to`xtatgan. Haydovchi YPX inspektoridan biriktirilgan hududi bo`yicha dislokasiya ko`chirmasini ko`rsatishini so`ragan. YPX inspektori haydovchiga dislokasiya ko`chirmasi yo`qligini ma`lum qilgan va ko`rsatmagan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan ushbu boshqarma YPXO 1-safarbar guruxi YPX inspektori B.Xamroevga nisbatan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda. Xizmat tekshiruvi yakuniy xulosasiga ko`ra albatta qo`shimcha ma`lumot beriladi.  

 

    Boshqa yangiliklar