“Tashqi reklama bozorini tartibga solish to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, er uchastkalaridagi tashqi reklama ob`ektlari uchun 10 yil muddatga, davlat mulki bo`lgan bino va inshootlardagi tashqi reklama ob`ektlari uchun 5 yil muddatga DXMlar orqali reklama joylari pasportlarini berish bir martalik yig`im summasini to`lash orqali amalga oshiriladi.
Er uchastkasiga o`rnatilgan video ekranli tashqi reklama ob`ektlari uchun ko`rsatilgan muddat qo`shimcha 10 yil muddatga uzaytiriladi.
Hozirga qadar qonuniy o`rnatilgan tashqi reklama ob`ektlarini mazkur qaror talablariga moslashtirish uchun 6 oy muddat berildi.
Ushbu muddatda moslashtirilmagan reklama ob`ektlari egalari tomonidan ixtiyoriy ravishda o`z kuchi bilan olib tashlanadi (aks holda bu ish sud tartibida amalga oshiriladi).
2020 yil 1 martdan boshlab Toshkent shahrida tashqi reklamani joylashtirish sohasidagi faoliyatning alohida tartibi joriy qilinadi.
Bunda, tashqi reklama ob`ektlarini er uchastkalarida joylashtirish huquqi ("E-IJRO AUKSION" orqali) faqat yuqori texnologiyali tashqi reklama ob`ektlariga beriladi.
Qaror bilan tashqi reklama ob`ektlarini o`rnatish taqiqlangan hududlar belgilandi. Jumladan, trotuar va piyodalar yo`laklarida tashqi reklama ob`ektlarini o`rnatish taqiqlanadi.
Qaror bilan tashqi reklama ob`ektlarini qurish tartibi, qurish uchun beriladigan er, bino va inshootlar ro`yxatini shakllantirish, qurish huquqini elektron auksion orqali berish tartibi to`g`risidagi nizomlar tasdiqlandi






