Joriy yilning 19 fevral kuni Surxondaryo viloyati Transport boshqarmasi hamda viloyat IIB YHXBning rejasiga asosan 3 nafar YPX inspektorlari va 1 nafar Transport boshqarmasi inspektori birgalikda Termiz shaxri Ibn Sino ko`chasida noqonuniy yo`lovchi tashish faoliyati bilan shug`ullanuvchi haydovchilar faoliyati yuzasidan reyd tadbiri o`tkazishgan.
Tadbir davomida “Spark” rusumli avtomashina “3.27” yo`l belgisiga amal qilmay to`xtab yo`lovchi olganligi sababli o`rnatilgan tartibda to`xtatilgan. Haydovchi avtomashinani boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarini taqdim qilmasdan inspektorlarga nisbatan qo`pol munosabatda bo`lgan. Shuningdek, viloyat Transport boshqarmasi bosh inspektori B.Abdumajidovning yuziga musht tushirgan.
IIV YHXBB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, ushbu holat yuzasidan haydovchi Termiz shaxar IIO FMB 2-sonli bo`limiga olib borilib, unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtK ning 135-moddasiga ko`ra bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtincha jarima maydonchasiga qo`yilgan.
Holat yuzasidan Termiz shaxar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda






