AsosiyJamiyat

Jizzax viloyatidagi YTH oqibatida ikki kishi halok bo`ldi

'Jizzax viloyatidagi YTH oqibatida ikki kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Muthish voqea 22 fevral kuni soat 03:30larda Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani hududidan o`tgan M39 avtomobil yo`lining 984-km.da yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi.

O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko`ra, ushbu tumanda yashovchi N.S. “Gaz-5327” rusumli yuk avtomashinasini Toshkent yo`nalishida boshqarib borayotib, uxlab qolishi oqibatida rul boshqaruvini yo`qotgan va avtomashina yo`l chetiga ag`darilgan. 

Natijada yuk avtomashinasi salonida bo`lgan haydovchining turmush o`rtog`i Sh.S. va voyaga etmagan farzandi S.T. tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.

“Hurmatli haydovchilar, charchoq holatida transport vositasini boshqarmasligingizni so`rab qolamiz”, - deyiladi ma`lumotda. 

    Boshqa yangiliklar