AsosiyJinoyat

“Human”dan pul mablag`larini qaytarish ishlari Xorazmda yakuniga etdi

'“Human”dan pul mablag`larini qaytarish ishlari Xorazmda yakuniga etdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripovning “Human xususiy bandlik agentligi” MChJ mansabdorlarining firibgarligidan jabr ko`rgan bir guruh fuqarolarga etkazilgan zararni qisqa muddatda undirib berilishini ta`minlash bo`yicha ko`rsatma bergani haqida xabar bergan edik.

Majburiy ijro byurosi, “Ipoteka bank” hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlaridan iborat tarkibda tuzilgan ishchi guruhi tomonidan  18-20 fevral kunlari Xorazm viloyatidagi ro`yhatda keltirilgan 109 nafar fuqarolardan 97 nafariga 1.466,1 mln pul mablag`lari jabrlanuvchilarga hamda ularning ishonchli vakillari nomiga Bosh vazir formoyishiga asosan beg`araz, tekinga ochilgan bank plastik kartalariga o`tkazib berilishi ta`minlandi.

 Bundan tashqari, Respublikaning boshqa viloyatlarida bo`lgan jami  6 nafar fuqarolarga shu viloyatdagi ishchi guruhi tomonidan  118,1 mln. so`m pul mablag`lari topshirilishi ta`minlandi.

 Shuningdek, 6 nafar chet davlatda bo`lgan fuqarolarning O`zbekiston Respublikasida bo`lgan yaqin qarindoshlariga ishonchnoma qoldirmaganliklari sababli ularning yaqin qarindoshlariga undirilishi lozim bo`lgan pul mablag`larini olish tartibi va huquqiy jarayonlari to`g`risida to`liq tushuntirildi. Kelgusida tegishli hujjatlar taqdim qilinganidan keyin ushbu pul mablag`lari undiriuvchilarning yaqin qarindoshlariga topshirish choralari ko`rilishi ma`lum qilindi.

 

MIB Xorazm viloyati boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi

    Boshqa yangiliklar