AsosiyJinoyat

Samarqandda 92 million so`mdan ziyod aliment pulini to`lamagan ota qamaldi

'Samarqandda 92 million so`mdan ziyod aliment pulini to`lamagan ota qamaldi'ning rasmi

Samarqandlik fuqaro qariyb 93 million so`m aliment pulini to`lamagani uchun 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda daryo internet nashriga Samarqand shahar ma`muriy sudi raisi Orif Pardaev ma`lum qilmoqda.

Fuqarolik ishlari bo`yicha Samarqand shahar sudining 2012 yil 18 dekabrdagi hal qiluv qaroriga asosan, qarzdor H.A. voyaga etmagan uch nafar farzandining moddiy ta`minoti uchun undiruvchi G.A.ga farzandlari voyaga etgunga qadar har oydagi ish haqi va boshqa qo`shimcha daromadlarining 1/2 qismi miqdorida moddiy ta`minot berishi belgilangan. Biroq qarzdor ota 2012 yil dekabr oyidan 2020 yil yanvar oyiga qadar, jami 92 million 961 ming 285 so`m miqdoridagi pul mablag`ini to`lashdan bo`yin tovlab kelgan.

Joriy yilning 17 fevral kuni bo`lib o`tgan sud qaroriga asosan, huquqbuzar H.A. O`zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybli deb topilib, 15 sutkaga qamaldi.

    Boshqa yangiliklar