Statistik ma`lumotlarga ko`ra, dunyo bozorida sotiladigan dori vositalarning taxminan o`ndan bir qismi — qalbakilashtirilgan yoki kontrafakt vositalar hisoblanadi.
Kontrafakt dori vositalari bu — patent egasining ruxsatisiz ma`lum bir dori vositasini ishlab chiqarish. Chunki xalqaro huquq normasiga binoan, ma`lum bir dori vositasining tarkibi yoki uni ishlab chiqish formulasi sir bo`la olmaydi. DXX Chegara qo`shinlari harbiy xizmatchilari ham inson salomatligiga salbiy ta`sir ko`rsatadigan ana shunday kontrafakt dori vositalarining mamlakatimiz hududiga noqonuniy yo`llar bilan kirib kelishining oldini olish bo`yicha keng qamrovli ishlarni olib borishmoqda. Jumladan, Namangan viloyatida o`tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida bir qator huquqbuzarliklarning oldi olindi. Ya`ni, chegarachilarning sergakligi tufayli Uychi tumani chegaraoldi hududida umumiy qiymati 360 million so`mga teng bo`lgan sifati kafolatlanmagan katta miqdordagi kontrafakt dori mahsulotlarining yirik partiyasi qo`lga olindi.






