DXX Chegara qo`shinlari harbiy xizmatchilari yirik miqdordagi chet el valyutasini mamlakatimiz hududidan olib chiqib ketilishining oldini olishdi.
Joriy yilning 9 fevral kuni Farg`ona viloyati Quvasoy tumanidagi chegaraoldi hududida o`tkazilgan tezkor tadbir natijasida mamlakatimizdan qo`shni davlatga noqonuniy ravishda olib chiqishga urinilgan jami 499 366 AQSh dollari miqdordagi chet el valyutasi to`xtatib qolindi. Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






