“Biz u erda o`z harakatlarimizni boshladik”, dedi Erdo`g`an. Turkiya rahbarining ma`lum qilishicha, 21 fevral kechki payt uning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon suhbati belgilangan.
“Ushbu suhbat keyingi harakatlarimizni belgilab beradi. Suriyada tuzum [Suriya prezidenti Bashar Asadt uzumi] tomonidan zo`ravonlikt ugamaguncha, u erdagi pozisiyalarimizdan ketmaymiz”, deb aytgan Erdo`g`an.
Turkiya prezidentinin gta`kidlashicha, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Angela Merkel Putinga 5 mart kuni Istanbulda Suriya bo`yicha to`rt tomonlama sammit o`tkazishni taklif qilgan.
20 fevralda Turkiya tomonidan qo`llab-quvvatlanuvchi jangarilar Turkiya qurolli kuchlari artilleriyasi ko`magida Suriya armiyasining Kminas va Nayrab aholi punktlaridagi mudofaasini yorib o`tgan.
Bunga javoban Rossiyaning Su-24 samolyotlari jangarilarga zarba bergan. Bu Suriya armiyasiga barcha hujumlarni qaytarishga imkon bergan. Rossiya tomoni Anqarani terrorchilarni qo`llab-quvvatlamaslikka chaqirgan.
Turkiya mudofaa vazirligining ma`lum qilishicha, Idlibda havo hujumi vaqtida 2 nafar turk harbiysi halok bo`lgan, yana 5 nafari yaralangan.






