Xorazmda 15 fevral kuni saot taxminan 19:00 da 54 yoshli R.K. Yangiariq tumani “R.Otajanov” mahallasidagi joylashgan uyida tanishi 56 yoshli S.J. bilan spirtli ichimlik iste`mol qilib, o`zaro janjallashib qolishdi. S.J.ni urib-do`pposlashi natijada S.J. hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Yangiariq tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (odam o`limiga sabachi bo`lgan, qasdan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, R.K. “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo`llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.






