AsosiyJamiyat

O`zbekiston xavfsiz turizm bo`yicha jahonda 46, MDHda 1-o`rinni egalladi

'O`zbekiston xavfsiz turizm bo`yicha jahonda 46, MDHda 1-o`rinni egalladi'ning rasmi

Mazkur reyting Fransiyaning Insurly portalida e`lon qilingan. Reytingni tuzishda tabiiy ofat ehtimoli, sog`liqni saqlash darajasi, jinoyatchilik bo`yicha ahvol, jumladan terrorchilik ham va transport hodisalari hisobga olingan.

2020 yilda sayyohlar xavfsizligini ta`minlash bo`yicha 1-o`rin 100 ballik imkoniyatdan 93,4 ball olgan Shveysariyaga berildi. Ikkinchi o`ringa 92,7 ball bilan Singapur loyiq ko`rildi. Uchinchi o`rinni egallagan Norvegiyaga 91,1 ball berilgan.

Sayyohlar uchun eng xavfsiz mamlakatlar o`ntaligiga shuningdek Lyuksemburg, Kipr, Islandiya, Daniya, Portugaliya, Finlyandiya va Yaponiya ham kiritildi.

O`zbekiston ushbu reytingda 70,3 ball olib 46-o`rinni egallagan. Reyting tuzuvchilarning fikricha, turistlar uchun eng katta xavf, bu tabiiy ofatlardir. Bu yo`nalishda O`zbekistonga atigi 25 ball berildi. Ammo, O`zbekistonda sog`liqni saqlash tizimi yuqori darajadaligi qayd etildi va 81 ball berildi. 

Shuningdek portalda ta`kidlanishicha, O`zbekistonda kelgan sayyohlarga terrorchilik tahdidi umuman yo`q, deb yozmoqda O`zA.

Reytingdagi 46-o`rin O`zbekistonni MDH mamlakatlar orasida birinchi o`ringa olib chiqdi. 

Ro`yxatda O`zbekistondan keyingi o`rinlar qo`yidagicha bo`ldi: Belarus (48-o`rin), Ozarbayjon (52), Turkmaniston (60), Moldova (66), Gruziya (68), Qozog`iston (71), Armaniston (72), Ukraina (83), Rossiya (86), Tojikiston (93), Qirg`iziston (106) egalladi.

2020 yilda sayyohlar uchun eng xavfli mamlakatlar uchligiga Markaziy Afrika respublikasi, Kongo demokratik respublikasi va Janubiy Sudan kiritildi.

Boshqa yangiliklar