2020 yil 11 fevral kuni fuqaro G.A., mast holda Rishton tumani Qozi Axror MFY hududida joylashgan “Karol disko klub” tungi klubni oldiga kelib, signal chalgan taksichi B.M.ga urib-do`pposlab, tan jarohati etkazgan. Bu qilmishining sababini so`rashganda taksichi signal chalib, uning tinchligini buzganligini bahona qilgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar qildi.
Shu kuni kaltaklanib, tan jarohati olgan fuqaro B.M. hushini yo`qotganligi sababli tanishlari tomonidan Rishton tumani Tibbiyot birlashmasi Qabul bo`limiga olib kelingan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro G.A.ga nisbatan Rishton tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi olib borilmoqda.






