AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda 19 nafar aliment to`lamagan qarzdоrlarga ma`muriy qamoq jazosi qo`llanildi

'Qashqadaryoda 19 nafar aliment to`lamagan qarzdоrlarga ma`muriy qamoq jazosi qo`llanildi'ning rasmi

Mirishkor tuman prokuraturasi va tuman IIB tashabbusi bilan tumandagi aliment to`lashdan bo`yin tovlab kelayotgan qarzdorlarga nisbatan sayyor sud majlisi tashkil qilindi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Sudda 7 nafar qarzdorga nisbatan 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi. Shuningdek, bir nafar qarzdor oilasini tiklab, yarashganligi hamda qarzdorlikni bartaraf etganligi tufayli javobgarlikdan ozod qilindi. 

Xabarda aytilishicha yil boshidan hozirga qadar jami 19 nafar aliment majburiyatini bajarmagan qarzdorlarga nisbatan ma`muriy qamoq jazosi qo`llanilgan.                                  

Boshqa yangiliklar