AsosiyJamiyat

2020 yil uchun Davlat dasturi loyihasining jamoatchilik muhokamalari yakunlandi

'2020 yil uchun Davlat dasturi loyihasining jamoatchilik muhokamalari yakunlandi'ning rasmi

Muhokamalar 11-20 fevral kunlari oralig`ida bo`lib o`tdi. Onlayn tarzda jamoatchilik muhokamalari “Taraqqiyot strategiyasi” markazining 2020.strategy.uz sayti hamda Hukumatning regulation.gov.uz portali orqali o`tkazildi.

Ushbu elektron resurslar orqali kelib tushgan jami taklif va munosabatlar 20 fevral soat 18:00 holatiga 2 ming 901 tani tashkil etmoqda.

Xususan, 2020.strategy.uz saytiga — 2568 ta

:one: yo`nalish – 699 ta

:two: yo`nalish – 511 ta

:three: yo`nalish – 512 ta 

:four: yo`nalish – 762 ta

:five: yo`nalish – 84 ta

regulation.gov.uz portaliga 333 ta taklif va munosabatlar kelib tushdi.

Ta`kidlash joizki, muhokamalar nafaqat onlayn tarzda balki joylarda mutaxassislar, jamoalar va faollar ishtirokida turli ko`rinishlarda ham o`tkazildi.

Bundan tashqari, muhokamalarning sifat va samaradorligini yanada oshirish maqsadida bu jarayonga OAV ham keng jalb etildi. Xususan, tele va radio kanallarda to`g`ridan-to`g`ri efir orqali jamoatchilik muhokamalari tashkil etildi va ularda aholi tomonidan yuborilgan takliflar ekspertlar bilan birga muhokama etildi. Natijada yangidan-yangi taklif va mulohazalar bildirildi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ushbu taklif va mulohazalarni ham umumlashtirib, olib borilgan tahlillar natijasi yuzasidan jamoatchilikni qo`shimcha ravishda xabardor qiladi. 

    Boshqa yangiliklar