Beruniy tumanida IIB xodimiga pora berishga uringan ayol qo`lga tushdi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matubot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma`lum qildi.
Aniqlanishicha, 2020 yil 18 fevral kuni soat 13:00 larda 1988 yilda tug`ilgan ayol I.D. uyida fohishaxona tashkil qilganligi uchun Beruniy tuman IIB xodimlari tomonidan ushlangan.
Shundan so`ng I.D. bir qonunbuzarligiga iqpror bo`lish o`rniga holat bo`yicha to`plangan hujjatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borish jarayonida unga nisbatan chora ko`rmaslik evaziga tuman IIB JQB tezkor vakiliga 300 AQSh dollari taklif qilgan. Ushbu pulni IIB xodimiga xizmat xonasida pora tariqasida bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan 20.02.2020 yil 20 fevral kuni Departamentning Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan I.D.ga nisbatan JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






