Ijtimiy tarmoqlarda ikki yigit masjid ehson qutisidan pul o`g`irlaganligi videosi tarqaldi. Ushbu voqea Uchtepa tumanidagi «Abu Hurayra» masjidida sodir bo`lgan. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Masjid imom xatibi va qorovulining so`zlariga ko`ra, qutida taxminan 300 ming so`m atrofida mablag` bo`lgan.
O`g`rilikni 22 yoshli Suhrobjon U. va 27 yashar Mirzohid D. amalga oshirganligi aniqlangan. Ular keyinchalik o`g`irlangan pullarni o`zaro bo`lishib olgan.
Ushbu hodisa yuzasidan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 61-moddasi (mayda o`g`rilik) bo`yicha ish ochilgan hamda materiallar Uchtepa tuman ma`muriy sudiga yuborilgan.






