Xitoyning Uxan shahridan evakuasiya qilinib, karantin uchun olib ketilayotgan ukrainaliklarning avtobuslari mahalliy aholi tomonidan toshbo`ron qilindi.
Ma`lumotlariga ko`ra, mahalliy aholi evakuasiya qilinganlarning Milliy gvardiya sanatoriyasiga joylashtirilishiga qarshi norozilik bildirgan. Novie Sanjari qishlog`i aholisi avtobuslar harakatini cheklab, ularga qarata tosh ota boshlagan.
Polisiya norozilik namoyishi ishtirokchilarini tarqatib yuborib, tosh otganlarni qo`lga olgan. Bundan tashqari, o`rtada janjal kelib chiqqani aytilmoqda. Shunga qaramay, ettita avtobus sanatoriyaga kelishga muvaffaq bo`lgan.
20 fevral kuni Xarkovga ichida 65 nafar Ukraina fuqarosi bo`lgan samolyot kelib qo`ndi. Ular COVID-2019 koronavirusining o`chog`i hisoblangan Xubey provinsiyasidan evakuasiya qilingan.






