AsosiyJamiyat

O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi raisi matbuot kotibi tayinlandi

'O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi raisi matbuot kotibi tayinlandi'ning rasmi

Elena Ismaeva O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi raisining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo`yicha maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda DSQ Matbuot xizmati xabar berdi.

E.Ismaeva 1992 yil Namangan viloyati Uchqo`rg`on shahrida tug`ilgan. U 2014 yilda Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan.

2013 yildan 2015 yilgacha “Bankovskie vesti” – “Bank axborotnomasi”. gazetasida muxbir, mas`ul kotib bo`lib ishlagan. 2015 yildan 2019 yilgacha “Pravda Vostoka” gazetasining iqtisodiyot bo`limi muxbiri lavozimida faoliyat yuritgan.

E.Ismaeva 2016 yilda O`zbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi, O`zbekiston Jurnalistlari uyushmasi, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Eng Ulug`, Eng Aziz” an`anaviy tanlovida “Bosma OAV xodimlarining jurnalistik ishlari;” nominasiyasida g`olib bo`lgan.

2019 yil oktyabr oyidan hozirgi kunga qadar Elena Ismaeva o`z kasbiy faoliyatini O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasining Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boshqarmasida olib bormoqda.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi raisining matbuot kotibi Davlat soliq qo`mitasi matbuot xizmati rahbari hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar