AsosiyJamiyat

Koronavirus: O`zbekistonda karantin yakunlandi, biroq 559 nafar fuqaroda tibbiy kuzatuv davom ettirilmoqda

'Koronavirus: O`zbekistonda karantin yakunlandi, biroq 559 nafar fuqaroda tibbiy kuzatuv davom ettirilmoqda'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologikosoyishtalik agentligi tomonidan 2020 yilning 20 fevral kuni olingan rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, ko`ra dunyo bo`yicha 75 726 nafar, Xitoy Xalq Respublikasida 74 675 nafar shaxslar koronavirus infeksiyasi bilan kasallanib, kunlik o`sish 396 nafarni (0.5%) tashkil etmoqda. Kasallanganlarning 11 864 nafari og`ir ahvolda bo`lib, 2121 nafari ushbu kasallikdan vafot etgan. Kasallik Xitoy Xalq Respublikasidan tashqari dunyoning 25ta davlatida 1051 nafar fuqaroda qayd etilgan.

O`zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasiga qarshi profilaktik tadbirlar xalqaro tibbiy sanitariya qoidalar talablari asosida amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 20 fevral kunigacha bo`lgan muddatda Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan 4 363 nafar O`zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolari uy sharoitida tibbiy kuzatuvga olindi. 3804 nafar fuqarolarda 14 kunlik tibbiy kuzatuv davri yakunlangan bo`lib, bugungi kunda 559 nafar fuqaro salomatligi ustidan tibbiy kuzatuv davom ettirilmoqda.

Ma`lumot uchun. Joriy yilning 19 fevral kuni Toshkent xalqaro aeroportiga horijiy davlatlardan 27ta reys orqali 3 896 nafar, temir yo`llar orqali 4ta poezdda jami 642 nafar shaxslar, shuningdek, davlat chegara bojxona postlari orqali 1 874 ta avtotransportlarning egalari va 32 460 nafar yo`lovchi shaxslar termometriyadan o`tkazilgan, shulardan 14 nafari Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolari hamda 5 nafari Xitoyda bo`lib, qaytayotgan O`zbekiston fuqarolari.

Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish tadbirlari davomida epidemiologik ko`rsatmaga asosan joriy yilning 20 fevral kuniga qadar jami 1 159 ta namuna koronavirus infeksiyasiga tekshirildi va koronavirus infeksiyasi aniqlanmadi.

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining koronavirusga qarshi markaziy shtabi shuni ma`lum qiladiki, joriy yilning 20 fevral holatiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasida koronavirus kasalligi qayd etilmadi.

Eslatib o`tamiz, koronavirus infeksiyasi bo`yicha rasmiy ma`lumotlarni olish hamda o`zingizni qiziqtirgan savollar bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi qoshida tashkil etilgan shtabga +998 (71) 276-49-66 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin, deyiladi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish shtabi xabarida.

    Boshqa yangiliklar