Kecha, 20 fevral kuni Yaponiyada koronavirus tufayli karantindagi Diamond Princess kruiz kemasini 274 kishi tark etdi, dedi mamlakat sog`liqni saqlash, mehnat va farovonlik vaziri Kasunobu Kato Tokiodagi matbuot anjumanida, deb yozdi Tarjumon.
«Bugun karantindan keyin 14 kun ichida hech qanday virus alomatlari bo`lmagan 274 kishi kemani tark etishdi», dedi vazir.
Eslatib o`tamiz, bortida 3,700 nafar yo`lovchi va ekipaj a`zolari bo`lgan kema Gonkongdan Yaponiyaga kelganida unda koronavirus bilan kasallangan yo`lovchi borligi aniqlangandi. 3 fevral kuni Yaponiyaga etib kelgan kema karantinga qo`yilgan.
Umuman olganda, 600 dan ortiq odamga kemada virus yuqqan, ularning yarmida kasallik alomatlarsiz kechmoqda. Shu bilan bir vaqtda payshanba kuni Diamond Princess kemasida ikki nafar katta yoshli fuqaroning vafot etgani xabar qilingan edi.
Eslatib o`tamiz, avvalroq, Yaponiya qirg`oqlarida ikki haftadan buyon karanatinda bo`lib turgan Diamond Princess kemasida koronavirusga chalingan ikki yo`lovchi vafot etgani xabar qilingan edi.






