18 fevral kuni 26 yoshli M.K. Navoiy shahar IIBga ariza bilan murojaat qildi, deyiladi IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati xabarida.
M.K. o`z arizasida MChJ rahbari 32 yoshli F.E. birgalikda tadbirkorlik bilan shug`ullanishni taklif qilib, 2019 yil sentyabr oyida undan 260.000.000 so`m pul mablag`larini olib, shu kunga qadar bergan va`dasini bajarmay, pullarni o`z ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomnidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.






