Hindiston polisiyasi bergan ma`lumotlariga ko`ra, payshanba kuni tongda mamlakatning janubida avtobus yuk mashinasi bilan to`qnashgan.
Natijada, 19 kishi halok bo`lgan va 23 kishi jarohat olgan. Falokat Tamil Nadu shtatidagi Avanashi shaharchasida sodir bo`ldi, deya xabar beradi Press Trust of India axborot agentligi.
Statistik ma`lumotlarga ko`ra, Hindistonda har yili yo`l-transport hodisalari tufayli 110 mingdan ortiq odam halok bo`ladi.
Avariyalarning aksariyat qismiga haydovchilarning ehtiyotsizligi, ta`mirlanmagan yo`llar va transport vositalarining eskirgani sabab bo`ladi.






