AsosiyJinoyat

Xalq ta`limi bo`limi mansabdorining jinoyatlari fosh bo`ldi

'Xalq ta`limi bo`limi mansabdorining jinoyatlari fosh bo`ldi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltinko`l tumani bo`limi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Hayot Shamsutdinovning xabar berishicha, tekshiruvda tuman xalq ta`limi bo`limi mansabdor shaxslari moddiy yordam berish to`g`risida buyruq chiqarmagan holda bo`lim hisobchilari X.S. va N.G`.larga 2018-2019 yillar davomida jami  101,4 mln. so`m pul mablag`larini plastik kartalariga o`tkazgani aniqlandi. Shuningdek, xodimlarga ish haqi to`lash uchun bank muassasasidan olingan 67,5 mln. so`m pul mablag`larini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Oltinko`l tuman xalq ta`limi bo`limi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar