“Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong`in-qutqaruv boshqarmasi “Qamchiq” dovoni hududidagi 16-maktab o`quvchilari bilan doimiy profilaktik tadbirlar va suhbatlar o`tkazib keladi.
Shunday tadbirlarning birida 11-sinf o`quvchisi Mirzaev Zufarning qutqaruvchilik kasbiga bo`lgan mehri va shijoati mutaxassislarning e`tiborini tortdi. Zufarning qobiliyati shundaki, u turli texnika ixtirolarini yaratishga qiziqadi. U bugungi kunda o`ndan ortiq ixtirolarni yaratishga ulgurgan.
Boshqarmaning “Is gazidan zaharlanishni oldini olish”, “Havo va gaz aralashmasining chaqnashi” hamda “Yong`inlarning kelib chiqishini oldini olish” kabi mavzulardagi targ`ibot tadbirlarida ishtirok etish uchun Zufar xonada is gazi tarqalganda aniqlaydigan qurilma (robot) yaratdi.
Tabiiy va is gazini aniqlaydigan qurilmaning tashqi ko`rinishini kichik robotga o`xshatib yig`ilgan. Robot xonadondagi mavjud maishiy gaz uskunlari va gaz quvurlari atrofida doimiy harakatda bo`ladi. Agar xonada gaz hidi sezilsa robot baland chastotali ovoz va ogohlantiruvchi maxsus chiroq yonadi hamda unga o`rnatilgan monitorda “Diqqat gaz” degan ogohlantiruvchi ma`lumot paydo bo`ladi. Odatiy holda robot monitorida xona harorati va xona namligi to`g`risida doimiy ma`lumot uzatib turadi.






