Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Li Myon Bak poraxo`rlik va mablag`larni o`zlashtirishda ayblangandan keyin sud belgilagan 17 yillik muddatni o`tkazish uchun yana panjara ortiga qaytdi.
Prokuratura sobiq davlat rahbarini o`zi aksiyadori bo`lgan avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqaruvchi DAS kompaniyasi mablag`larini o`zlashtirganlikda gumonlandi. Shuningdek, u mamlakatga prezident bo`lgan 2008-2013 yillarda Samsung Electronics kompaniyasidan pora olganlikda ham ayblandi.
2018 yil oktyabr oyida Seul Markaziy sudi Li Myon Bakni 24,6 mlrd. von ($21,7 mln)ni ishlatib yuborganlikda, shuningdek, 11 mlrd. von ($10 mln) miqdorida pora olganlikda ayblab, 15 yil qamoq jazosini belgilagan edi. Biroq 2019 yil mart oyida u sog`ligi yomonlashgani sababli garov evaziga ozod etilgandi.
20.02.2020 04:35
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti poraxo`rligi uchun 17 yilga qamaldi






