O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 maydagi PF-5446-sonli Farmoni bilan xalqaro hamkorlikni ta`minlash yuzasidan belgilangan vazifalarga asosan Bosh prokuraturasi huzuridagi Departament boshlig`i D.Raximov boshchiligidagi O`zbekiston Respublikasi delegasiyasi joriy yilning 16-21 fevral kunlari Fransiyaning Parij shahrida bo`lib o`tayotgan Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishda moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruh (FATF)ning navbatdagi yalpi majlisi faoliyatida ishtirok etmoqda.
Xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida FATFning mazkur yalpi yig`ilishi davomida 2020 yil 18 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi delegasiyasi tomonidan bir qator xorijiy davlatlar delegasiyasi vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazildi.
Jumladan, Koreya Respublikasi Moliyaviy razvedka bo`linmasi boshlig`i janob Kim Kun Ik bilan bo`lgan uchrashuvda jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish yo`nalishida idoralararo hamkorlikni mustahkamlash va yanada kengaytirish, shuningdek, mazkur sohadagi milliy tizimni o`zaro baholash jarayonini o`tkazish yuzasidan tajriba almashish masalalari muhokama etildi.
Bosh prokuraturasi huzuridagi Departamentning ma`lum qilishicha, O`zbekiston delegasiyasining FATF yalpi majlisi faoliyatidagi ishtiroki davom etmoqda.






