AsosiyJamiyat

Yangi vazir kambag`allikdan qanday chiqish mumkinligi haqida gapirdi

'Yangi vazir kambag`allikdan qanday chiqish mumkinligi haqida gapirdi'ning rasmi

Bugun Adliya vazirligida yangi tashkil etilgan Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligining asosiy vazifalari, faoliyat yo`nalishi va vakolatlari to`g`risida keng jamoatchilikni xabardor etish maqsadida tashkil etilgan matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Unda adliya vazirining o`rinbosari Akbar Tashkulov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan vazir lavozimiga ma`qullangan Rahmat Mamatov va uning o`rinbosarlari hamda soha mutaxassislari, ekspertlar, OAV vakillari ishtirok etishdi.

MAHALLA VA OILANI QO`LLAB-QUVVATLASh VAZIRLIGINING TAShKIL ETILIShIGA SABAB NIMA EDI?

Rahmat MAMATOV, Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vaziri:

  • Vazirlik tashkil etishdan maqsad – ilgari mahallalarda ish yuritib kelgan xotin-qizlar, “Nuroniy” jamg`armasi, profilaktika inspektorlari faoliyat yuritgan. Lekin ularning hammasi har erda bo`lib, bitta musht bo`lib ishlamagan. Endi bular bitta maqsadda bir yoqadan bosh chiqarib faoliyat ko`rsatadi. Yana bir muhim jixati – ilgari mahallallarning mablag`i bo`lmagan. Bundan keyin mahalla raisi tadbirkorlik bilan shug`ullanadi. Shu kungacha respublikadagi 9121 ta mahalladan 3000 dan ortig`i o`z binosiga ega bo`lmagan. Ular hokimliklar, tadbirkorlar tasarrufidagi binolarda, hattoki, o`z xonadonlarida ham ishlab kelgan. Tashkil etilgan vazirlikda 4 ta vazir o`rinbosarlari: xotin-qizlar, nuroniylar, profilaktika inspektori va 4-o`rinbosar tadbirkorlikka ko`maklashish ishlarini nazorat qiladi. Mahallalardan ajratiladigan moddiy yordam bilan Prezidentimiz aytgan kambag`allikdan chiqib bo`lmaydi. Mahalla qachonki fuqaro bilan manzilli yondashuv qilib, daromad topish yo`llarini birgalikda topib, yordamga muhtoj oilalarning tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanishga imkon yaratilsa, moddiy ahvolni yaxshilash mumkin.

 

 

 

    Boshqa yangiliklar