Chiroqchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Xo`jaabdijabbor qishlog`ida joylashgan kafelarning birida 29 yoshli T.B ismli shaxsga kaltaklananib, og`ir tan jarohati etkazilganligi aniqlandi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qildi.
Xo`sh voqea qanday bo`lgan?
Xullas 2020 yil 12 fevral kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashovchi S.D. IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U o`z arizasida joriy yilning 10 fevral kuni turmush o`rtog`i 29 yoshli T.B. uyiga bosh sohasida tan jarohotlari bilan kelganligi va sog`lig`i yomonlashaganligi sababli kasalxonaga murojaat qilganligini ko`rsatib o`tgan.
Mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan tekshiruv o`tkazilib, 29 yoshli T.B. Xujaabdijabbor qishlog`ida joylashgan kafelarning birida kaltaklangani aniqlangan.
Tekshiruv jarayonida guvohlarning ko`rsatmalaridan T.B.ni 19 yoshli K.T. urib og`ir tan jarohati etkazgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan K.T. ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (og`ir tan jarohati etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






