AsosiyDunyo

Abgor yo`llar videosini olib tarqatganlarni hibsga olish buyurildi

'Abgor yo`llar videosini olib tarqatganlarni hibsga olish buyurildi'ning rasmi

Tanzaniya viloyatlaridan birining gubernatori mamlakatdagi eng yirik Ngorongoro milliy bog`i yo`llari yomon holatda ekanligi tasvirlangan videoni tarqatgan kishilarni hibsga olishni buyurdi. Videoni tarqatganlar «iqtisodiy qo`poruvchilik» uyushtirishda ayblanmoqda. Bu haqda «Regnum» xabariga asoslanib Xabar yozmoqda.

Telekanal jurnalistlari xabar berishicha, viloyat gubernatori Arusha Mrisho Gambo videoni tarqatganlarni «mamlakat sha`nini bulg`ash»da ayblagan va hudud polisiya rahbariga videoni tarqatganlarning asl maqsadini ochiqlash uchun ularni hibsga olish va so`roq qilishni buyurgan. Gamboning nazarida, muammolarga duch kelinganida ularni internetda tarqatish emas, balki amaldorlarni boxabar qilish kerak ekan.

Internetda tarqatilgan videoda Ngorongoro qo`riqxonasi yo`lida botib qolgan sayyohlar mashinalari tasvirlanib, muallif yo`llarni tuzatish kerakligini ta`kidlab, mahalliy hukumatdan biron chora ko`rishni so`ragan edi.

Internet orqali videoni tomosha qilganlarning aksariyati gubernator Gamboning qaroridan so`ng uni tanqid ostiga olishdi: «Odamlarga tahdid qilguncha, yo`llarni ta`mirlash kerak!».

Boshqa yangiliklar