AsosiyDunyo

Koronavirusni davolash usulini topganini aytgan bloger 3 milliard dollar talab qilmoqda

'Koronavirusni davolash usulini topganini aytgan bloger 3 milliard dollar talab qilmoqda'ning rasmi

Quvaytlik bloger va jamoat arbobi Salva al-Mutayri koronavirusni davolashda o`zi ishlab chiqqan uslubi uchun 3,2 milliard dollar talab qildi.

19 fevral chorshanba kuni, bloger qiz Snapchat ijtimoiy tarmog`ida Kuvaytdagi Xitoy elchixonasiga o`zining ishlanmalarini olib kelganidan keyin shu talabni e`lon qildi.

Ta`kidlanishicha, bloger Xitoy elchixonasi oldida paydo bo`lishidan oldin o`zining YouTube-kanalida koronavirus bilan kurashda davolashni ehtimoliy uslubini topganligi uchun 1 milliard Kuvayt dinorini (3,2 milliard dollardan ko`proq) o`zining bank hisobiga o`tkazib berishni talab qilgan va ushbu videoni joylashtirgan deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Bungacha xitoylik aktyor Jeki Chan koronavirus vaksinasini yaratuvchisiga 1 million yuan (taxminan 142,6 ming dollar) to`lashga tayyorligini aytgan. Uning fikricha, bunday uslub virusga qarshi dori vositasini tezroq ishlab chiqishga turtki bo`lishi mumkin.

Quvaytlik bloger ayol Al-Mutayri esa, Jeki Chan tomonidan koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqqan odamga 143 000 AQSh dollarlik moliyaviy mukofoti juda arzimagan miqdor ekanligini, ya`ni Jeki Chan filmlaridagi kulgili sahnalari uchun millionlab dollar olayotgan bir paytda uning e`lon qilgan mukofot qiymati arzimasligini tanqid qilgan edi.

Eslatib o`tamiz, dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida koronavirusning yangi turiga oid COVID-2019 kasalligi qayd etildi. Keyinchalik infeksiya boshqa mamlakatlarga tarqaldi.

19 fevral holatiga ko`ra, Xitoydagi infeksiyadan 74 mingdan ortiq odam kasallangan bo`lib, vafot etganlar soni 2 mingdan oshdi. 

16 fevral kuni Xitoy ushbu kasallikka qarshi dori-darmon ishlab chiqarishni boshladi va ertasi kuni esa Xitoy universitetlaridan biri ushbu koronavirus uchun ekspress-test tashkil etilishini e`lon qildi.

 

 

 

    Boshqa yangiliklar