AsosiyJamiyat

Rahbarlari propiskaga iltimosnoma kiritadigan tashkilotlar yana bittaga ko`paydi

'Rahbarlari propiskaga iltimosnoma kiritadigan tashkilotlar yana bittaga ko`paydi'ning rasmi

Hukumatning ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi (88-son, 17.02.2020 y.). Kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra, rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to`g`risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo`lgan davlat organlari va tashkilotlari ro`yxatiga Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi ham kiritildi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga kiritilgan qo`shimchaga ko`ra, ishlab chiquvchi tomonidan tayyorlangan quyidagi Prezident va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan majburiy tartibda kelishiladi: 

*davlat fuqarolik xizmatini tartibga solish, shu jumladan davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq to`lash va ularni moddiy rag`batlantirishga doir;

*Prezident yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan davlat organlari va tashkilotlarining tashkiliy-shtat tuzilmalarini o`zgartirish masalalariga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

    Boshqa yangiliklar