Shu yilning 16 fevral kuni Xorazm viloyati Shovot Markaziy dehqon bozorida fuqaro Iskandarov Isajon Xalq banki tomonidan sotuvga chiqarilgan lotereyani sotib olib, «Spark» avtomobili yutganini, ammo lotereya sotuvchisi I.Iskandarovning qo`lidan yulib olib, unga 1000 dollar taklif qilingani aks etgan video tarqalgandi.
Ushbu video orqali Xalq banki jamoasini asossiz ayblagan fuqarolar o`z ixtiyorlari bilan vaziyatga oydinlik kiritib, noto`g`ri ish qilishganini tushunib etishgan va bank jamoasidan uzr so`ragan.
Bundan tashqari, fuqaroga lotereyadan hech qanday avtomobil yutug`i chiqmagani ham ma`lum bo`lgan.






