AsosiyJamiyat

O`zbekiston Evrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo`shilsa nima bo`ladi?

'O`zbekiston Evrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo`shilsa nima bo`ladi?'ning rasmi

Ancha vaqtdan buyon O`zbekistonning Evrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a`zo bo`lishi masalasi keng muhokama qilinmoqda. Bu borada davlat rahbari ham so`z yuritib, qaror qabul qilishda xalq irodasiga tayanib ish qilinishini ma`lum qilgan edi. 

Ayni paytda bakiroo nomi ostida faoliyat yurituvchi bloger bu haqda munosabatini e`lon qildi.

«Rossiyada ishlayotgan 2,2 million odamning har biri oyiga 100 dollarga yaqin patent uchun pul to`laydi. Bir yilda 1000 dollar pul ketadi. Endi, agar Evrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a`zo bo`ladigan bo`lsak, to`g`ri, bu kimgadir yoqar, kimgadir yoqmas — o`zicha siyosatdonlar ko`payib ketdi: ‘Mustaqillikni berib qo`yamiz’, deydigan. Kimga beryapmiz mustaqillikni? Mustaqillikning berilishini nimada ko`ryapsizlar, deb savol beradigan odamning o`zi yo`q».

Bu bosh vazir Abdulla Aripovdan iqtibos. 

Mayli, biz, - Mustaqillikni berib qo`yamiz, deb ayyuhannos solayotganlar siyosatdon bo`la qolaylik.

Lekin keling, bir necha daqiqaga O`zbekistonni EOIIga qo`shildi, deb tasavvur qilamiz. Migrantlarimiz ahvoli yaxshilanadimi, ya`ni bundan ular yutadimi?

Rostanam, agar EOII O`zbekistonni o`z safiga qo`shib olsa, migrantlar mehnat patenti uchun to`lovlardan qutulishadi. Lekin endi xuddi Rossiya fuqarosi yoki EOII a`zolari fuqarolari singari qator soliqlarni to`lashni boshlaydi.

Birinchidan - bu jismoniy shaxlarning daromadlari solig`i (ruscha abbreviatura NDFL), amaldagi stavkasi 13%. Masalan, 40 ming rubl daromadga ega migrant 5200 rubl soliq to`laydi. Bu hali hammasi emas, asosiysi endi boshlanadi.

O`zbek migrantini ishga olgan rus ish beruvchisi o`zbek migranti uchun quyidagi soliq va yig`imlarni to`lashi kerak bo`ladi:

Pensiya sug`urtasi - 22%, 8800 rubl;

Tibbiyot sug`urtasi - 5.1%, 2040 rubl;

Mehnatga layoqatsizlik sug`urtasi - 2,9%, 1160 rubl;

Jarohat sug`urtasi - eng kichik tarif bo`yicha 0,2%, 80 rubl.

Jami - 12080 rubl.

Sodda qilib aytganda, o`zbek migrantiga 40 ming rubl oylik hisoblashi uchun rus ish beruvchisi 12080 rubl soliq to`lashi kerak. Bunda o`zbek migranti qo`liga sof 34800 rubl pul tegadi. Ya`ni 34800 rubl uchun jami 52080 rubl xarajat qilinmoqda.

Bunga rus ish beruvchisi boradi, rozi bo`ladi, deb o`ylaysizmi?

Hozir rus ish beruvchisi, masalan, qirg`iz migrantlaridan o`zbek migrantlarining afzal ko`rayotgani sababi ham aynan shu emasmi? O`zbek migranti mehnat patenti to`lab rus ish beruvchilari uchun nisbiy afzallikka ega bo`lib turmayaptimi?

Yo bizning hukumatda o`tirganlar o`zbek migrantlari EOIIga a`zo bo`lsak, migrantlarimiz norasmiy, mehnat shartnomasi tuzmay ishlaydi, deb o`ylashmoqdami? Unda migrantlarimiz hozirgidan ham badtar ahvolga tushishmaydimi?

Darvoqe, qirg`iz migrantlari huquqlari Qirg`iziston EOIIga kirgach, yanayam abgorlashgani bizga dars emasmi? Hozir Rossiyada migrasiya nazoratchilari va polisiya zavod va sexlarda mehnat shartnomasi tuzmasdan ishlayotgan qirg`iz migrantlarini ov qilishni o`zlariga kasb qilib olgani hech kimga sir emas.

Qo`shimchasiga, EOIIga qo`shilgach o`zbek migrantlarida pul o`tkazmalari bo`yicha ham cheklovlar paydo bo`lishini kimdir hisobiga kiritayaptimi?” — munosabatini savol bilan yakunlagan bloger.

    Boshqa yangiliklar