«Uzbekistan airways» AJ 4 ta havo kemalarini sotuviga qo`ydi. Bu haqda aviakompaniya saytida xabar berilgan.
Samolyotlarning qiymati 12 milliondan 22 million dollargacha baholangan.
Boing 757-200 UK-75701 (1999 y.)
12 030 000 AQSh dollari qiymatida;
Boeing 757-200 UK-75702 (1999 y.)
12 408 000 AQSh dollari qiymatida;
Boeing 767-3 CBER UK-67007 (2003 y.)
21 414 000 AQSh dollari qiymatida;
Boeing 767-3 CBER UK-67008 (2004 y.)
22 362 000 AQSh dollari qiymatida.
Samolyotlarni sotish aviaparkini yangilash va kelgusida unifikasiyalashtirish loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.






