AsosiyJamiyat

Mo`ynoq tumanida «Navoiy tashabbus bog`i» barpo etiladi

'Mo`ynoq tumanida «Navoiy tashabbus bog`i» barpo etiladi'ning rasmi

Navoiy shahri va Mo`ynoq tumanlari o`rtasida o`zaro hamkorlik va do`stlik, birodarlik rishtalarini mustahkamlash maqsadida shahar hokimi boshchiligidagi delegasiya hamda 4500 ta ko`chat, oziq-ovqat mahsulotlari va hudud yoshlari uchun ulug` mutafakkir Alisher Navoiyning «Xamsa» dostonining 500 nusxasini o`zida jamlagan saxovat karvoni Qoraqalpog`iston respublikasi Mo`ynoq tumaniga yo`l olishdi.

O`zbekiston Yoshlar Ittifoqining xabar berishicha, Orol bo`yi hududlarini ko`kalamzorlashtirish maqsadida Navoiy viloyatidan tashrif buyurgan delegasiya a`zolari ishtirokida «Navoiy tashabbus bog`i» ga ilk ko`chatlarni o`tkazish ishlari boshlandi.

 

    Boshqa yangiliklar