AsosiyJamiyat

Mahalla raisi profilaktika inspektorini lavozimidan olish bo`yicha taqdimnoma kiritish huquqiga ega bo`ldi

'Mahalla raisi profilaktika inspektorini lavozimidan olish bo`yicha taqdimnoma kiritish huquqiga ega bo`ldi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, “Jamiyatda ijtimoiy-ma`naviy muhitni sog`lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo`llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan, fuqarolar yig`ini raisiga bir qator qo`shimcha huquqlar berildi.

Jumladan, fuqarolar yig`ini raisi tegishli hududdagi profilaktika inspektori faoliyatiga baho berish hamda uni rag`batlantirish yoki unga nisbatan egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo`lgan jazo choralarini qo`llash bo`yicha Qoraqalpog`iston Ichki ishlar vazirligi, hududiy ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda boshqarmalariga ko`rib chiqilishi majburiy bo`lgan taqdimnoma kiritish huquqiga ega bo`ldi.

Profilaktika inspektorlari 5 yil muddatga lavozimga tayinlanadi, ularni ushbu muddat davomida boshqa lavozimga o`tkazish taqiqlanadi (yuqori turuvchi rahbarlik lavozimga o`tkazish yoxud qonun yoki ichki tartib qoidalarini buzganligi uchun javobgarlikka tortish holatlari bundan mustasno).

Shuningdek, tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlari, ularning tarkibidagi bo`limlari va ichki ishlar bo`limlari (bo`linmalari) boshliqlari ustuvorlik asosida profilaktika inspektori lavozimida kamida 5 yil ishlagan xodimlari orasidan tayinlanadi.

Profilaktika inspektorlari lavozimlariga, qoida tariqasida, oliy yuridik ma`lumotga ega bo`lgan shaxslar tayinlanadi.

Farmon bilan, ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo`yicha o`rinbosariga – profilaktika inspektorlarini xizmat vazifasi bilan bog`liq bo`lmagan ishga jalb etganlik uchun hududiy ichki ishlar organlarining rahbarlari va mas`ul xodimlariga nisbatan bevosita intizomiy jazo choralarini qo`llash vakolati berildi

    Boshqa yangiliklar