AsosiyDunyo

Koronavirus: vaziyat qanday?

'Koronavirus: vaziyat qanday?'ning rasmi

Xitoyda tarqalgan koronavirus borasidagi so`ngi ma`lumotlar qanday

-Virus Xitoyda yana 98 kishini hayotdan olib ketdi va bu bilan umumiy qurbonlar soni 1868 taga etdi. Kasallanganlar soni esa 72,436 tani tashkil qilmoqda.

-30 yanvardan beri Xitoyda har kuni 2000dan oshiq kishida virus aniqlanmoqda. 11 fevraldan boshlab har kunlik qurbonlar 100 tadan ko`proqni tashkil qilmoqda edi.

-Xitoydan tashqari yana 26 mamlakatda 827 kishi virusdan aziyat chekmoqda va ularning beshtasi hayotdan ko`z yumgan.

-3 fevral kuni Yaponiyadan karantinga olingan «Diamond Princess» kemasidagi 400 ga yaqin yo`lovchining virus tekshiruvi natijalari ijobiy bo`ldi.

-Yaponiyada kemada karantin ostida bo`lgan 300 dan ortiq Amerikalik yo`lovchilar AQShdagi harbiy bazalarga jo`nab ketishdi.

-Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkilotining dushanba kuni e`lon qilgan ma`lumotlariga ko`ra, virusni yuqtirish holatlari kamaymoqda.

-Tokio Marafoni tashkilotchilari 1 martdagi musobaqa ishtirokchilari sonini cheklashga qaror qildilar va unda faqatgina professional sportchilargina qatnasha oladilar. Bu bilan 38, 000 ta oddiy odamlar unda qatnashmaydigan bo`ldi.

– 23 fevral kuni Yaponiya Imperatori Naruxitoning o`zining tug`ilgan kunida ommaga qiladigan nutqi bekor qilindi. Ushbu tadbirda muntazam ravishda o`n minglab odamlar qatnashardi.

    Boshqa yangiliklar