“Jamiyatda ijtimoiy-ma`naviy muhitni sog`lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo`llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Farmoniga ko`ra, 2020 yil 1 apreldan boshlab, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) organlari Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tasarrufiga o`tkaziladi. Bu haqda “Huquqiy Axborot” kanali xabar berdi.
Bunda, agentlikka FHDYo organlarining ishini tizimli nazorat qilish, malakali kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo`yish, huquqni qo`llash amaliyotini muvofiqlashtirish, “FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimini yuritish va FHDYo organlarining hududiy arxivlariga rahbarlik bo`yicha funksiyalar yuklanadi.
Farmon bilan Mamlakatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan tizimni samarali joriy etish bo`yicha “Yo`l xaritasi” tasdiqlandi.
Shuningdek, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini qo`llab-quvvatlash, mahalla tizimini rivojlantirish va jamiyatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini joriy etishning 2020-2024 yillarga mo`ljallangan konsepsiyasi ishlab chiqiladi.






