AsosiyJamiyat

Samarqandda 3 ta bankadagi “marixuana”ni fuqaro o`z ixtiyori bilan IIBga topshirdi

'Samarqandda 3 ta bankadagi “marixuana”ni fuqaro o`z ixtiyori bilan IIBga topshirdi'ning rasmi

Respublikamiz bo`yicha keng qamrovli “Huquqbuzarliklarga qarshi kurashish oyligi” maxsus tezkor-profilaktik tadbirlari davom etmoqda.

Samarqand shahar hududida o`tkazilayotgan “Huquqbuzarliklarga qarshi kurashish oyligi” maxsus tezkor-profilaktik tadbirlari davomida aholi bilan olib borilgan tushuntirish, targ`ibot ishlari natijasida Samarqand shahar Spitamen shox ko`chasida yashovchi 1996 yilda tug`ilgan, X.J. bir litrlik sig`imga ega bo`lgan 3 shisha bankada “marixuana” giyohvandlik vositasiga o`xshash o`simlikning quritilganini o`z ixtiyori bilan ichki ishlar organlari xodimlariga topshirdi.

Ushbu daliliy ashyolar xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olinib, Samarqand viloyat IIB Ekspert-kriminalistika bo`limiga tekshirib ko`rish uchun yuborilgan.

Samarqand viloyat IIB Ekspert-kriminalistika bo`limining xulosasiga ko`ra mazkur o`tkir xidli modda 191,67gr miqdordagi “marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ma`lum bo`ldi.

Mazkur holat yuzasidan X.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deya xabar beradi Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati.

 

    Boshqa yangiliklar