Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o`rinbosari, O`zbekistonda gender tengligini ta`minlash komissiyasi a`zosi Saida Mirziyoeva 16-17 fevral kunlari Dubayda o`tayotgan Butunjahon ayollar forumida ishtirok etgani haqida xabar bergan edik.
U BAAga tashrifi chog`ida bugun oila a`zolari bilan Abu Dabidagi Shayx Zayd masjidini ziyorat qilgani haqida xabar qoldirdi.
“Turmush o`rtog`im, farzandlarim va ukam Alisher bilan Shayx Zayd masjidini ziyorat qildik. Muqaddas ziyoratgohda yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, oilamiz mustahkamligi va do`stlarimiz sog`ligini so`rab duo qildik.”






