Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tmoqda.
Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, tuman Kengashining sessiyasida tashkiliy masala ko`rildi.
Unda Deputatlar Mamadaminov Ulmasjon Yarmaxammatovich boshqa ishga o`tayotganligi munosabati bilan Boyovut tumani hokimi lavozimidan ozod etildi va o`rniga Uralova Dilfuza Boyovut tumani hokimi etib tayinlash to`g`risidagi viloyat hokimining qarorini bir ovozdan tasdiqladilar.
D.Uralova 2012 yilda - “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a`zosi hisoblanadi.
D.Uralova 1985-1990 yillar mobaynida - Guliston davlat universiteti talabasi, 1990-2001 yillar - Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani 10-umumiy o`rta ta`lim maktabi o`qituvchisi, 2001-2010 yillar - Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani 10-umumiy o`rta ta`lim maktabi direktorining ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari, direktori bo`lgan.
2010-2015 yillar mobaynida - Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hokimining o`rinbosari, xotin-qizlar qo`mitasi raisi lavozimida ishlagan.
2015-2017 yillar mobaynida - O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati bo`lgan.
2017 yildan shu kunga qadar Sirdaryo viloyati hokimining o`rinbosari, xotin-qizlar qo`mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan.






