Poytaxtimizda davom etayotgan xalqaro anjumanda so`zga chiqayotgan ma`ruzachilar jamoatchilik nazorati, deputatlar faoliyatiga alohida to`xtalib o`tishmoqda.
Ruslanbek Davletov, O`zbekiston adliya vaziri:
Bugun aynan jamoatchilik nazoratining tanqidlari natijasida ko`plab ijobiy o`zgarishlar yuz beryapti. Qaysidir davlat organiga jamoatchilik nazorati kuchaygani ta`sir qilmayotgan bo`lishi mumkin, lekin ko`plab davlat organi, ijro hokimiyati uchun juda katta «signal» beryapti. Parlament o`zgarganini ko`p ta`kidlayapmiz. Biroq tan olish kerak, bu viloyatlarda, chekka hududlarda sezilmayapti. Deputatlarimizda shijoat biz kutgandek bo`lmayapti».
Ma`lum qilinishicha, vazirlik tomonidan deputatlar uchun qo`llanma ishlab chiqildi.
«Adliya vazirligi deputatlar bilan ishlash, ularga ko`mak berish maqsadida maxsus qo`llanma ishlab chiqdi. Unda deputatlar qanday qilib o`z ishini tashkillashtirishi kerakligi bo`yicha tavsiyalar bor», - dedi vazir.
Qayd etamiz, mazkur anjumanda xalqaro ekspertlar ham ishtirok etmoqda. Ular orasida BMTning O`zbekistondagi doimiy vakili Xelena Freyzer, BMT Taraqqiyot dasturining O`zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska, K.Adenauer fondining Markaziy Osiyo bo`yicha Mintaqaviy vakolatli vakili Ronni Xayne, EIHT loyihalarining O`zbekistondagi koordinatori Jon MakGregor va boshqalar bor.






