AsosiyJamiyat

G`uzorda hojatxona uchun chuqur qaziyotgan uch aka-ukaning ikki nafarini tuproq bosib qoldi

'G`uzorda hojatxona uchun chuqur qaziyotgan uch aka-ukaning ikki nafarini tuproq bosib qoldi'ning rasmi

Kecha, 17-fevral kuni soat 13-50da Qashqadaryo viloyati G`uzor tumanida joylashgan “Karvon” savdo majmuasi hududida uch nafar aka-ukaning xojatxona uchun chuqur qazish jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasliklari oqibatida 2 nafarini tuproq bosib qolgan. Bu haqda FVV ma`lum qildi.

Hodisa yuzasidan Qashqadaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasining qutqaruv guruhi qisqa vaqt ichida voqea joyiga etib borib, 1987 yiolda tug`ilgan fuqaro A.I.ni qutqarib olishdi. Afsuski, tuproq ostida qolgan boshqa bir fuqaro, 1984 yilda tug`ilgan A.I. hodisa yuz bergan joyda halok bo`lgan.

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar