AsosiyJamiyat

O`quvchilarni maktabdan maktabga o`tkazish tartibi takomillashtirildi

'O`quvchilarni maktabdan maktabga o`tkazish tartibi takomillashtirildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining “O`quvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy o`rta ta`lim muassasasidan boshqasiga o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizomga qo`shimcha kiritish haqida”gi buyrug`i qabul qilindi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xalq ta`limi vazirligining buyrug`i 2020 yilning 10 fevral kuni Adliya vazirligi tomonidan ro`yxatga olindi.

Mazkur buyruq O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 dekabrdagi 1028-son “Nodavlat ta`lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

Buyruq nodavlat umumta`lim tashkilotidan o`qishini davlat umumta`lim muassasasiga ko`chirishga oid talablarni belgilab berdi.

Hujjatga ko`ra, nodavlat umumta`lim tashkilotidan o`qishini davlat umumta`lim muassasasiga ko`chirgan o`quvchilarning ota-onalari o`qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab direktoriga ta`lim oluvchilar safidan chiqarilganligi to`g`risidagi buyruqdan ko`chirma, o`qiganligi to`g`risida ma`lumotnoma hamda ta`lim oluvchining baholar (o`zlashtirish) tabelini taqdim etilishi nazarda tutiladi.

 

    Boshqa yangiliklar