AsosiyJamiyat

Peshko`da fuqaro foydasiga 5 mln so`m ma`naviy zarar undirildi

'Peshko`da fuqaro foydasiga 5 mln so`m ma`naviy zarar undirildi'ning rasmi

Fuqarolik ishlari bo`yicha Peshko` tumanlararo sudining 2019 yil 12 dekabrdagi hal qiluv qaroriga binoan  qarzdor Asrorov Bahodir To`lqinovichdan undiruvchi Sharipov Kamoliddin Sobirovich foydasiga moddiy zarar uchun 4 million 497 ming 333 so`m, ma`naviy zarar uchun 5 million so`m undirish haqida ijro hujjati qabul qilingan. 

Olib borilgan ijro harakati natijasida moddiy va ma`naviy zararlar to`liq undirib berildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosining Peshko` tumani bo`limi xabar berdi.

O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 13-moddasida inson, uning hayoti, erkinligi, sha`ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi kafolatlangan. Bosh Qomusda har bir shaxsga o`z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g`ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqining kafolatlanganlik tamoyiliga asosan (44-modda) huquqi buzilgan shaxslarni sud orqali himoya qilish imkoniyatlari yanada kengaymoqda. 

Buni fuqarolik ishlari bo`yicha sudlarda ma`naviy zararlarni undirish bilan bog`liq taqdim qilinayotgan arizalarning kundan kunga ko`payib borayotganligidan ham kuzatish mumkin. 

Ma`naviy zarar deganda, jabrlanuvchiga qarshi sodir etilgan huquqbuzarlik harakati (harakatsizlik) oqibatida u boshidan kechirgan ma`naviy va jismoniy (kamsitish, jismoniy og`riq, zarar ko`rish, noqulaylik va boshqa) azoblar tushuniladi. Ma`naviy zarar undirish bilan bog`liq ishlarni sudda ko`rish amaliyotida sha`n, qadr-qimmat, ishchanlik obro`siga putur etkazganlik uchun ma`naviy ziyonni qoplash alohida ahamiyat kasb etadi. 

 

    Boshqa yangiliklar