2020 yil 3 yanvar kuni Shahrixon tumanida yashovchi O.S., K.K. va I.N.lar yashash xonadonni ta`mirlashayotgan vaqtlarida O.S.ning kiyimlariga qurilishda foydalanib kelayotgan “qizil” rang beruvchi (koller) to`kilib ketganligi sababli O.S.ning taklifiga ko`ra sun`iy ravishda kaltaklanayotgan shaxsning holatini vujudga keltirib, videotasvirga olib, telegramm ijtimoiy tarmog`i orqali internetda tarqatib yuborishgani haqida avval xabar bergandik.
Shahrixon tumani Ichki ishlar bo`limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida sun`iy ravishda kaltaklanayotgan shaxsning holatini vujudga keltirib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan O.S., K.K. va I.N.lar aniqlanib ushlangan.
Shahrixon qishloq xo`jaligi kasb-xunar kollejida Andijon viloyati IIB boshlig`ining o`rinbosari Tergov boshqarmasi boshlig`i polkovnik Ya.A.Abdulxakov raisligida O.S., K.K. va I.N.larning qilmishlari keng jamoatchilik ishtirokida, ularning ota-onalari bilan birgalikda tanqidiy muhokama qilindi.






